Yosh matematiklar aniqlanmoqda

Date:

Maktab ta’limi davomida o‘qilgan bilimlar tanlovlar, tadbirlar, fan olimpiadalarida sinovdan o‘tadi va o‘quvchining ushbu fanlarni nechog‘lik o‘qib o‘rgangani, o‘zlashtirgani baholansa, fan o‘qituvchining mahorati ham ochiqlanadi. Shu sababdan ham ana shunday tanlov va fan olimpiadalarini tez-tez o‘tkazib, bilimlar baholanib turishi shart va zarur. Surxondaryoda ayni maqsadga xizmat qiluvchi Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining viloyat bosqichiga start berildi.
Termiz shahrida 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi boshlanib, o‘quvchi-yoshlar matematika fanidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda. Aytish kerakki, mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo‘yicha alohida 3 nafardan 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan iqtidorli yoshlar may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun