Uzilish bartaraf etildi

Date:

Bir necha kunki, Surxondaryo viloyatida qor yog‘ib, havo harorati ancha sovugan. Bu esa xonadonlarning isitish tizimiga e’tiborli bo‘lishni talab etadi. Elektr energiyasi yoki gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmasa, mavsum talafotsiz o‘tishi aniq. Uzilishlarning oldini olish va shunday holat sodir bo‘lsa, zudlik bilan tuzatish ishlarini olib borish maqsadida hududlarda navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, soha mehnatkashlari xushyorlikni yo‘qotishgani yo‘q.
Jarqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti tasarrufidagi 110/35/6 “Istiqlol” podstansiyasidan chiquvchi T-1 va T-2 kuch transformatorlarida himoya kabellarida nosozlik yuzaga keldi. Natijada tumandagi “Oftobqo‘rg‘on”, “Matonat”, “Neftchi”, “Bobur”, “Janub qalqonlari” mahallalari hududida vaqtincha elektr energiya ta’minotida uzilish bo‘ldi. Jarqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti tezkor chiqish brigada xodimlari tomonidan ushbu muammo zudlik bilan bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun