Bilim va tajribasi qo‘l kelib…

Date:

Kechagina nima qilish, qanday yo‘l tutishni bilmay yurgan, dardiga darmon izlagan fuqarolarimiz bugun to‘rt muchasi sog‘ayib, yangitdan tug‘ilgandek bo‘layotgani qo‘li yengil jarrohlarimizning xizmati sababdandir. Ularning xizmati, bilim va tajribasi o‘z ishini ko‘rsatayotganidan darak.
Bugungi kunda poytaxt va viloyat markaziy tibbiyot muassasalariga borish shartmas. Har bir hududning o‘zida ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu esa ushbu turdagi xizmatlarga muhtoj, ammo viloyat markaziga borishga imkoni yo‘q, ijtimoiy himoya umidida turgan bemorlar uchun ko‘makdir.
O‘tgan yili Angor tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan 250 nafar fuqaroda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yilning 15-fevral sanasiga qadar 50 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan har bir bemorning tuzalishiga jiddiy e’tibor qaratilib, qat’iy nazorat ostiga olinib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik va shaylik ustuvor

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi...

Iste’dodlar bir sahnada jam

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan...

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...
KunTun
KunTun