“Orzuimdagi inson”

Date:

Aktyorlik oson ish emas. Tasavvur qiling, o‘zga bir inson dardi, og‘riqlari bilan yashash kerak. Uning hislarini tashqariga chiqarib bera olsagina, e’tibor qozona oladi. Aks holda unutilishga mahkum. Yoki bo‘lmasa, ko‘ngliga chiroq yoqsa, yorishmaydigan, ichi yig‘layotgan paytda kulishi, o‘zini baxtli qilib ko‘rsatishga majbur. Kasbu kor, ish nuqtai nazaridan bo‘lsa-da, o‘z rolini mahorat ila ijro eta bilish tahsinga sazovor. Ana shunday aktyorlardan biri, O‘tkir Mengliyevdir. Uni ko‘pchilik “Sardor” milliy seriali orqali yaxshi taniydi. Aktyorning bir-birini takrorlamas rollari, uning iste’dodini ko‘rsatib bergandek bo‘ladi.


Ajab emas, ana shunday ijodkorlarning xizmati bilan yoshlar aktyorlikka qiziqsa, o‘z iste’dodini yuzaga chiqarsa, kelajak taqdirini san’at bilan bog‘lashga qaror qilsa… Termiz tumanidagi 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surgan “Besh tashabbus” doirasida “Orzuimdagi inson” mavzusida ijodiy uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv mehmoni esa mezbonlar uchun kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Tadbirda o‘zining qizqarli rollari bilan tanilgan, O‘zbek milliy akademik teatri aktyori O‘tkir Mengliyev tashrif buyurib, barchaning ko‘nglini xushnud ayladi.
Uchrashuvda aktyor san’atga kirib kelishi, faoliyatidagi qiziqarli voqealar, ijodkor yoshlarga yurtimizda yaratib berilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida aktyor o‘z ijrosidagi rollaridan parchalar, she’r va qo‘shiqlar ijro etdi. Ushbu uchrashuv o‘quvchi-yoshlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun