“Yashil makon” doirasida…

Date:

Bahor yaqin. O‘z-o‘zidan ayonki, erta bahordan ekin-tikin ishlari avj oladi. Yerlar yumshatiladi, ariqlar tozalanadi. Daraxtlar tanasi oqlanib, yoshu keksa mehnatga hamdam bo‘ladi. Ayni kunlarda “Yashil makon” dasturi doirasida Termiz davlat universiteti hududida ham koʻchat ekish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
O‘qituvchi-pedagoglar, talaba-yoshlarning hamjihatlikda boshlagan ishlarida unum bo‘ldi. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida hududda jami 3 ming 655 tup (archa daraxti turlari, olma, yongʻoq) mevali va manzarali daraxt koʻchatlari hamda 8 mingta mavsumiy gullar ekish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotir.
Albatta, ekishdan oldin har bir ko‘chat muassasaning iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun