“Kitob ulash”

Date:

Eshigingizni qoqib kelishsa-yu, notanish kishilar kutilmaganda sizga kitob tuhfa qilishsa, hayron qolmang. Sababi “Kitob ulash” aksiyasi doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari xonadonlarga kitoblar ulashib, aholining ma’naviy dunyosini kengaytirish maqsadida ana shunday ezgu tashabbusga qo‘l urishgan.
Albatta, xonadoniga kitob bilan borgan insonlarni ko‘rganning boshi osmonga yetib, o‘z minnatdorligini bildirishayotir. Tanlangan adabiyotlar ham o‘zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalari. Bir olam ma’naviy xordiq ulashib, o‘qishga undaydigan asarlar. Zora, shunchaki varaqlash bilan o‘qishga tutunishsa, mutolaaga odatlanishsa, ma’naviyat targ‘ibotchilari o‘z ko‘zlagan maqsadlariga yetishgan bo‘lardi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun