Iqtidorlarini namoyish etishdi

Date:

Eski mashina, keraksiz buyumlar, gugurt yoki yog‘och bo‘laklarini uyingizda ko‘rsangiz, darrov uni chiqindiga tashlashga tushasiz. Ammo, oramizda shunday yoshlar borki, ana shunday keraksiz buyumlarni kerakli buyumga aylantirishadi. Bilim va mahoratlarini, iqtidorlarini ishga solib, ixtirolar qilishga-da qodir. Buni Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Baraka” savdo majmuasida mahalla yoshlari oʻrtasida tashkil etilgan iqtidorli yoshlarning koʻrgazmali ishlari tanlovi orqali bilish mumkin bo‘ldi.
Tanlovda ixtisoslashtirilgan maktabning ixtirochi yoshlari robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha hamda turli iqtidor egalari faol ishtirok etdi. Ko‘rmazmaga tashrif buyurgan borki, namoyishga qo‘yilgan mitti robotlar, ularning funksiyalari haqida bilib, hayratlarini yashira olmaydi. Tinib-tinchimas yoshlarning mahoratlariga tahsinlar o‘yiydi. Bu yerda nafaqat mo‘jaz robot mashinalar, balki san’at asarlariga teng buyumlar ham o‘rin olganki, ular milliyligimizdan, qadriyatlarimizdan so‘zlagandek bo‘ladi.
Tanlov hakamlar tomonidan adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilib, har bir shtirokchining ishi munosib baholandi va taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun