Festival koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi

Date:

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga daxldorlik hissini uygʻotish, harbiy sohaga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish maqsadida Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism tomonidan shaharning 26-maktab oʻquvchilari uchun “Yoshlar milliy armiya nigohida” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Unda harbiy qism harbiy xizmatchilari, maktab oʻquvchi yoshlari, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, maktabda tashkil etilgan tadbirda soʻz olganlar soʻnggi yillarda mudofaa tizimida olib borilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdi. Bu kabi festivallar yoshlarni Vatanga muhabbat, harbiy kasbga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Shundan soʻng, tadbirning asosiy qismiga navbat berildi. Tadbir davomida harbiy orkestrning kuy-qoʻshiqlari, faxriy qorovulning hamda qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari yigʻilganlarga namoyish etildi.
Shuningdek, festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyat kengashining sport texnikalari yoshlar eʼtiboriga havola qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Keng qamrovli hamkorlik – yangi bosqichda

So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida faol va muvozanatli...

Ehsonning mukofoti ehsondir

Insoniyat tarixida ezgulik, adolat va rahm-shafqatni eng mukammal tarzda...

Pensiya murojaatsiz tayinlanadi

2025-yil 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№1066) bilan bir...

Maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻlmang

Prezidentning 2025-yil 15-may kuni imzolagan qarori (№PQ–184) asosida 2030-yilgacha...
KunTun
KunTun