Maqom kechasida

Date:

Maqom — xalqimizning musiqiy ensiklopediyasidir. Unda tariximiz, ma’naviy dunyomiz, milliy ruh mujassam. Asrlar silsilasidan o‘tib, madaniy meros sifatida bugungacha sayqal topib kelayotganining sababi ham shundan. Shunday ekan, maqom san’atini yoshlar ongiga singdirish, tinglash madaniyatini shakllantirish lozim. Boysun tumanidagi Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahri musiqali maqom teatrining “Maqom tarovati” nomli Alisher Navoiy spektaklidan sahnalashtirilgan Maqom konsert dasturi ayni maqsadga xizmat qildi.


Bu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-sentyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarori dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Maqom kechasida Marg‘ilon shahri musiqali maqom teatrining maqom ansambli ijrosidagi eng sara maqom va mumtoz qo‘shiqlar jonli ijro etildi. Tomoshabinlar qalbiga manzur bo‘lgan ijrolarni jon quloqlari bilan tingladilar, madaniy xordiq chiqardilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun