Xotin-qizlarga hunar o‘rgatilmoqda

Date:

Insonning kasbu kori, hunari bo‘lsa, uyda o‘tirib ham o‘zini band qilishi, ro‘zg‘origa naf keltirishi mumkin. Ishsiz, qo‘lida hunari bo‘lmagan, ammo ishlashni istovchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida monomarkaz va o‘quv kurslari tashkil etilganki, bu bilan ular jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish imkoniga ega bo‘lishayotir. Angor tumanida “Ishga marhamat” monomarkazining mahallalarda filiallari tashkil etilib, xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilayotgani fikrimiz tasdig‘idir.
Jumladan, tumanning birinchi sektor hududiga qarashli Ulugʻbek mahallasida monomarkaz filiali faoliyat yuritayotir. Unda Ulugʻbek, Xoʻjanqon va Yangiobod mahallalarida istiqomat qilib kelayotgan xotin-qizlar kasb-hunar egallashmoqda. Markazda har kuni o‘quv jarayonlari qizg‘in tus olgan bo‘lib, xotin-qizlar tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganishayotir.
Aytish kerakki, filial tashkil etilgandan hozirgi kunga qadar 150 nafardan ortiq xotin-qiz tikuvchilik hunarini o‘rgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun