Tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

Date:

Hududda ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ochish yoki ishini kengaytirish maqsadida tadbirkor va ishbilarmonlarning tinib-tinchimayotganini ko‘rib, bilib turibmiz. Albatta, ish bor joyda kamchilik va muammolar yuzaga keladi. Ana shunday paytda tadbirkorlarni munosib qo‘llab-quvvatlash, har qanday to‘siqlarni bartaraf etish lozim. Ular yaratayotgan muhit xalq manfaati uchun muhimdir. Shu ma’noda tadbirkorlarning o‘z aytar gapi, ularni-da qiynab kelayotgan muammo va masalalar talaygina. Ularga yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimining tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida hududiy studiyalar orqali ham murojaatlarni tinglash imkoniyati yaratildi.


Qabul davomida birinchi navbatda so‘z isboti bilan bo‘lganidek hamda qabullar nomigagina o‘tkazilmay, har bir murojaatga e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatish maqsadida avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahlil qilindi. Bu albatta, vohaning ishbilarmon vakillarining davlat va rahbarlarga bo‘lgan ishonchini oshirishi aniq. Shu bilan birga viloyat rahbari joriy yilda ham tadbirkorlar bilan manzilli ishlashni davom ettirib, ular bilan doimiy muloqotda bo‘lishini ma’lum qildi.


Tadbirkorlarning ishini kengaytirish va rivojlantirish uchun ularni moliyaviy tomondan qo‘llashning o‘zi kifoya. Ammo, ular kredit mablag‘larini olishda to‘siqlarga duch kelishayotganini yoki olingan kredit muddatini uzaytirish bilan bog‘liq holatlarda bank bilan murosa qila olmayotgani va soliq, subsidiya, undiruv, kadastr va yer maydonlari bilan bog‘liq turli masalalardagi 37 ta murojaat tinglandi. Qabul davomida murojaatlarning 6 tasini ijobiy hal etish maqsadida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan 31 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun