Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida islohotlar samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10-yanvar kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar beradi president.uz sayti.
Unda aytilishicha, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va ularning samaradorligini oshirish borasidagi navbatdagi qadamlar ko‘rib chiqildi. Strategiyani yurtimizda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili deb e’lon qilingan 2024-yilda amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlarni shakllantirish, fan, innovatsiyalar va IT sohasini rivojlantirish, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy qilish kabi yo‘nalishlarda ichki zaxiralarni yanada samarali ishga solish va xorijiy hamkorlar bilan sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun