«Vatan taraqqiyotiga mening hissam»

Date:

Vatan taraqqiyotiga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. Ilm-fandagi izlanishlarimiz, san’atimiz, ijodimiz, xullas imkonimiz, salohiyatimiz va bilimimiz darajasida. Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib o‘tgan «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» respublika tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida ham yoshlar ana shunday imkoniyatlarini ishga soldilar.
Tanlovda viloyatning turli hududlaridan kelgan 45 nafar nomzod «Adabiyot va publitsistika» yo‘nalishida yozgan maqola, hikoya va she’rlari bilan qalami kuchini ko‘rsatishgan bo‘lishsa, «Tasviriy va amaliy san’at» yo‘nalishida yosh rassom va hunarmandlarning ijodi omma e’tiboriga havola etildi. «Milliy maqom va milliy estrada» yo‘nalishida esa iste’dodli yoshlar o‘z mahoratini namoyish etishdi.
Bir so‘z bilan aytganda, vohaning iqtidorli, san’atkor yoshlari kashf etildi. Umid qilamizki, tanlovning respublika bosqichida ham yoshlarimiz munosib ishtirok etishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun