120 million dollarlik shartnomalar imzolandi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekistonning Tokio shahridagi elchixonasida Yaponiyaning turizm, energetika, qishloq xo‘jaligi, meditsina va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan o‘ttizga yaqin yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Surxondaryo viloyatining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport imkoniyatlari hamda turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida “B2B” va “G2B” formatdagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi.
Yakunda umumiy qiymati 120 million dollarga teng bo‘lgan shartnomalar imzolandi.
Aytish kerakki, viloyatimiz delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida ko‘plab foydali va manfaatli kelishuvlarga erishib, shartnomalar imzolamoqda. Navbatdagi manzilda Surxondaryo viloyati hokimi Oʻzbekiston Respublikasining Tokio shahridagi elchixonasida mamlakatimizning Nagoya shahridagi Faxriy konsuli Xiroyuki Ito bilan uchrashdi.


Uchrashuvda davomida 2024-yil may oyida Termizda “Oʻzbekiston-Yaponiya” biznes forumini oʻtkazish, Surxondaryoga charter reyslarni tashkil etish loyihasini ishlab chiqish, Aichi prefekturasidan Surxondaryo viloyatiga investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish hamda mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Shundan soʻng, “KEI Advanced and Digital Knowledge” kompaniyasi bosh direktori Hiromitsu Sakata bilan bo‘lgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati yoshlarini Yaponiyaga oʻqishga yuborish, hamkorlikda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha yapon tajribasini viloyat maktablariga tadbiq qilish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida matematika va boshqa aniq fanlarni oʻqitish boʻyicha yapon mutaxassislarini jalb qilish, talabalarni 1,5 yillik oʻqish uchun Yaponiyaga yuborish, viloyatning 15 ta maktabida yapon tilini oʻqitishni yoʻlga qoʻyish, taʼlim sohasini rivojlantirish maqsadida “KEI Advanced and Digital Knowledge” kompaniyasi tadqiqot missiyasining Surxondaryoga tashrifini 2024-yil fevral oyida tashkil etish hamda JICA mablagʻlari va koʻmagini jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun