Kichik biznesdagi katta qadamlar

Date:

Eshitdingizmi? Endilikda tadbirkorlikka qiziquvchi, faoliyatini yanada kengaytirish istagidagi, biroq kredit tarixi toza bo‘lgan ishbilarmon doira vakillari uchun garovsiz 100 million so‘mdan, garov asosida esa 1,5 milliard so‘mgacha ikki yillik imtiyozli davr bilan yetti yilga markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kredit ajratish yoki asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing olish imkoniyati yaratildi.
Kredit olish, biznesda muvaffaqiyatlarga erishish istagidagi uddaburonlar uchun bu juda ham qiziq va qulay imkoniyat.
Xo‘sh, bu imkoniyatlardan qanday foydalansak bo‘ladi, kreditlar kimlarga beriladi, mazmunidagi savollar tug‘ilishi tabiiy.


O‘z-o‘zini band qilgan, YaTT ochib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan dehqon xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, kredit olib, biroq kredit to‘lovlarini vaqtida amalga oshirgan, hokim tavsiyasi bilan kredit olib, samarali faoliyat yuritayotgan jismoniy va yuridik shaxslar, nodavlat ta’lim muassasalari, 3 va undan yuqori ish o‘rni yaratgan tadbirkorlar ushbu turdagi imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.


Bu haqda Termiz shahridagi Kichik biznesga ko‘maklashish markazida “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi ijrosini ta’minlashda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ishtiroki” mavzusida matbuot anjumani hamda markaz faoliyati yuzasidan press-tur tashkil etildi. Unda Bank boshqaruvi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ushbu biznes markaz kichik biznes vakillari faoliyatini moliyaviy hamda konsultativ qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad endigina tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan uyda, oilaviy sharoitda, yoxud biznesini kengaytirish istagi boru biroq ma’lum bir muammo va to‘siqlarga, tadbirkorligini rivojlantirishda o‘ziga xos qiyinchiklarga uchrayotgan, kichik biznes vakillarining faoliyatini kengaytirish, jamiyatning yanada faol qatlamiga aylantirish va shu orqali ularga imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘maklashish barobarida, yangidan yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishishdan iborat. Ushbu jarayonda esa Markaz bevosita tadbirkorga tirgak va yetaklovchi vazifasini o‘tashi kerak.


Markaz asosan, to‘rtta bo‘limdan iborat. Bank, Xizmat ko‘rsatish, Tadbirkorlar ofisi hamda O‘quv bo‘limidan iborat. Shu yerning o‘zida tadbirkorlik bilan bog‘liq barcha jarayonlarga aloqador tashkilotlardan mutaxassislar faoliyat yuritishi belgilangan bo‘lib, tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatish, biznes reja tuzish, moliyaviy masalalar, soliq, sug‘urta, asbob-uskuna xarid qilish, kredit mablag‘larini maqsadli sarflash, xomashyoni qayerdan va qanday tartibda xarid qilish, shuningdek, huquqiy yordam, elektr energiya, yer-mulk kabi masalalar shu yerning o‘zida tashkil etilgan o‘quvlar jarayonida o‘rgatiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotini mahalliy yoinki xorijiy bozorga sotishda ham amaliy yordam, yo‘l yo‘riq ko‘rsatiladi. Bu esa tadbirkorlar sinfini har tomonlma qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqatirib, institutsional tarzda o‘rta biznes vakilari safini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


O‘rnatilgan tartibga muvofiq, Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida qisqa muddatli amaliy o‘quv kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni vaqtda Dasturda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish, kredit mablag‘larini olib, faoliyatini kengaytirish istagidagi ishbilarmonlarning 15 nafari o‘qitilmoqda.

Adolat MO‘MINOVA,
Islom MENGLIYEV,
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Soliqdan qochib…

Yaqinda kiyim-kechak do‘koniga kirib, xaridni amalga oshirganimdan so‘ng, kassada...

Sinov majburiy bo‘ladi

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu...

Kredit olishni taqiqlash mumkinmi?

Yurtimizda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga...

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash, ijtimoiy xizmat va...
KunTun
KunTun