Surxondaryo delegatsiyasi Yaponiyada

Date:

Yaponiya deganda iqtisodiy jihatdan hamda ilm-fan va innovatsiyalar rivojlangan davlat xayolimizga keladi. Albatta, bunday rivojlangan davlat bilan savdo va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yurtimiz uchun har tomonlama manfaatlidir. Ayni maqsadni ko‘zlagan holda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya davlatida bo‘lib turibdi.
Tashrif avvalida viloyatimiz delegatsiyasining “Japan Conservation Engineers & Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati bilan muloqoti o‘tkazildi. Muloqot davomida Surxondaryo viloyatida sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini yuqori konsentratlangan fulvokislotadan foydalangan holda yaxshilash texnologiyasini qo‘llash loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. O‘tgan yilda mazkur kompaniya bilan Sherobod

tumanida entomolog-agronomlar ishtirokida 1 gektar kuchsiz (o‘rta) sho‘rlangan paxta yer maydonida o‘tkazilgan sinov ijobiy samara bergandi. Muzokaralar yakunida “Japan Conservation Engineers & Co., Ltd.” kompaniyasi bilan “Fujimin” preparatini mosh, paxta va g‘alla yetishtirishda qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Viloyat delegatsiyasining tashrifi davomida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Ventforet Kofu Sport” klubi prezidenti Satoru Sakuma bilan uchrashuvdi.
Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatida futbol akademiyasini tashkil qilish, futbol maktablarini rivojlantirish, Yaponiyadan futbolchi va trenerlar yuborishga ko‘mak berish, «Surxon» va «Vanfore Kofu» futbol klublari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari, o‘yinchilar almashinuvi, akademiyalarda o‘qishni tashkil qilish, o‘yinchilar va trenerlar almashiniuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Yakunda o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun