Surxondaryoda “Yaponiya-O‘zbekiston texnologik universiteti” tashkil etiladi

Date:

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifidan, qolaversa, ko‘plab manfaatli shartnomalar imzolanayotganidan xabardormiz. Tashrif doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahrida “Alpha Kokusai Gakuin” instituti rahbariyati hamda boshqa rasmiylar bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv surxondaryolik yoshlar uchun quvonchli hushxabarlarga boy bo‘ldi. Ularning oliy ta’limda malaka va bilimlarini oshirish uchun yana bir oliygoh ochiladigan bo‘ldi.
Uchrashuvda oliy ta’lim tizimida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida Termizda Alpha Kokusai Gakuin instituti bilan hamkorlikda “Yaponiya-O‘zbekiston texnologik universiteti” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, “Yaponiya-O‘zbekiston texnologik universiteti”da “Alpha Kokusai Gakuin” instituti tomonidan 15 nafardan ortiq yapon mutaxassislari jalb qilinib, to‘liq Yaponiya standarti o‘quv dasturlari asosida qishloq xo‘jaligi, tibbiyot hamshirasi, stomatologiya, mehmonxona va servis, qurilish sohasi, avtomobilsozlik yo‘nalishlari tashkil etiladi.
Universitet faoliyatini Termiz xalqaro savdo markazi hududida olib boradi. Ta’lim davomiyligi 4 yil bo‘lib, shundan dastlabki 2 yilda Termizda til va tanlangan yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi, qolgan 2 yilda o‘qish Yaponiyada davom ettiriladi hamda talabalar o‘z sohasi bo‘yicha korxonalarda ish haqi olib amaliyot o‘taydi. Shuningdek, tomonlar ta’lim, qurilish va arxitektura, sog‘liqni saqlash va telemeditsina yo‘nalishlarida yapon kompaniyalari bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Delegatsiyamizning Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Sayohat kunlari» qachon?

Mamlakatda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada...

Darslik yo‘qolsa, jarimasi qancha?

“Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi...

Ko‘rik boshlandi

Aholini yurak-qon tomir kasalliklaridan himoya qilish, erta tashxis va...

Variativ rejalar asosida…

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etiladi. Prezident farmoniga...
KunTun
KunTun