Pora berganmisiz?

Date:

– Salom, bolalar! Bugungi dars mavzusi “Otkat”. Kim aytadi? Otkat nima?
– Otkat – bu tenderda aynan mening korxonam tanlanganiga bo‘lgan minnatdorchiligimning puldagi ekvivalenti.
– “Tender”-chi, u nima degani?
– Tender – bu kim ko‘p otkat berish bo‘yicha musobaqa.
– Barakalla, o‘tir. Senga olti baho. To‘rti o‘zingga, ikkisi qayergaligini o‘zing bilasan. Keyingi savolga o‘tamiz. Qarindoshlik aloqalarining korrupsiyaga ta’siri qanday? Sanjar, bu savolga sen javob ber.
– Darsni yaxshi o‘zlashtirolmagan edim.
– Mayli o‘tir, besh.
– Rahmat, dada.
– Tarixda bo‘lgan korrupsiyalarga kim misol keltira oladi? (sinfda jimlik) Bilmaysizlarmi? Gogol “O‘lik jonlar” romanini hujjat bo‘yicha necha tom yozgan? Ikki tom. Lekin faktda bir tom topshirgan. Xo‘sh, ikkinchisi qayerda? Shunchaki, yonib ketgan. Endi tushunyapsizlarmi, nega maktabimizdagi yangi kompyuter sinf xonasi yonib ketganligini? Nega yaqinda sportzal ham yonib ketishi mumkinligini? Yana bir savol. Menga aytinglarchi, bunday ishlar uchun ideal soha qaysi?
– Nanotexnologiyalar.
– Nega?
– Chunki mablag‘ odam ko‘zi bilan ko‘rolmaydigan natijalar uchun sarflanadi.
– Barakalla!
Bolalar, endi uyga vazifani yozib olamiz: Valida hujjatga ko‘ra 5 ta olma bor. Faktda 3 ta, shartnomada esa 7 ta ko‘rsatilgan. Topish kerak: Valining faoliyatini taftish qiladigan tekshiruvchiga nechta olma tegadi?
Bugunga yetarli. Dars tugadi. Aytmoqchi, ota-onangizdan remont uchun yana 50 ming so‘mdan olib kelishni unutmang.
– Yana 50 mingdan yig‘amizmi?
– Menga 30 mingdan berasizlar. Qo‘rqmanglar! Agar mendan telefon qilib so‘rashsa, 50 mingdan yig‘dim deb aytaman.
Endi ketishinglar mumkin. Xayr!

Pora olmas domla

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekspert kengashi tashkil etiladi

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari...

Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg...

Yordami va ko‘magiga tayanamiz

Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday...

Mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llaniladimi?

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm,...
KunTun
KunTun