Korrupsiyaga moyil xodimlar jirkanch yoʻldan qaytarildi

Date:

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Huquqni muhofaza qilish idoralari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoqlar faollari, korxona va tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati masʼullari qatnashishdi.
Sohani korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish maqsadida Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi va barcha viloyatlarda uning tuzilmalari faoliyati tashkil etilgan. Qolaversa, ISO 37001 xalqaro standarti hamda qonunchilik talablariga mos keluvchi 10 dan ortiq ichki meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi tuzilib, tizim boʻyicha ichki audit amalga oshirildi.


Joriy yilning oʻn oylik davri mobaynida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan hamkorlar bilan birgalikda korrupsiyaning oldini olish, tegishli vazifa bajaruvchilarda murosasizlik hissini shakllantirish yoʻnalishida mehnat jamoalarida 64 dan ziyod umumprofilaktik maʼruzalar, 34 marotaba yakka tartibdagi profilaktik tarbiyaviy ishlar, uchrashuv va suhbatlar, 8 ta mahallada huquqiy savodxonlikni kuchaytirish yuzasidan davra suhbatlari uyushtirildi.
Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sobir Shaymardanovning aytishicha, mazkur jabhada korrupsiyaga nisbatan moyilligi sezilgan lavozim va kasb egalari tahlilga tortildi. Shunday mansabdagi mutaxassislar bilan sogʻlom turmush tarzi kechirish, irodali va matonatli boʻlish, ularni baʼzi firibgarlar tarafidan aldashga urinishlar vaqtida oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik va darhol bu haqda xabar berishga doir tematik muloqotlar samarasini koʻrsatmoqda.


Alohida taʼkidlandiki, individual holatdagi profilaktik tadbirlar, taʼsirchan misollar, maʼlumotlar asosidagi tushuntirishlar, maxsus yigʻilishlar natijasida korrupsiyaviy jinoyatchilik va huquqbuzarlik boʻsagʻasida turgan 26 nafar kadastr xodimini ayni qingʻir yoʻldan qaytarishga erishildi.

O’ktam Xamrayev,
Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyat boshqarmalari

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekoaksiya o‘tkazildi

Bir kishining qilgan ishlari ko‘plarga ibrat bo‘la oladi. Shunday...

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va...

E’tibor va e’zoz

Mahalla "yettiligi" tomonidan "Xonadonbay" o‘rganish natijasida fuqarolarning ehtiyojidan kelib...

Inson qadri ulug‘langan yurt o‘zgarishlar ostonasida

Oddiygina elektr pechingiz bo‘lsa, non, pishiriqlar pishirib, dasturxoningizni bezaysiz,...
KunTun
KunTun