Valijon Shamsiyev Jarqo‘rg‘onda xizmatda

Date:

Estetik dam olishni, dildan yayrab kulishni istasak, hajviy dasturlar tomosha qilishga tushamiz. Maza qilib kulib, ko‘nglimizdagi g‘uborlarni chiqarib yuborgandek bo‘lamiz. Afsuski, so‘nggi paytlarda kuldirish deganda hajviy jamoa va hajv ustalari bo‘lar-bo‘lmas mavzularni, insonning hamiyatiga tegadigan jihatlarni kulgu ostiga olaman deb, tomoshabinning me’dasiga tegib qo‘yayotgani ham ma’lum. Ularning aytayotganlarini qaynona-qaynota kelin, ota-ona farzandlari bilan birgalikda tomosha qilishga uyaladigan bo‘lib qoldi. Holbuki, shunday so‘z ustalari borki, ular yaratgan maktab hali-hamon e’tiborda, e’tirofda. Valijon Shamsiyev ham ana shunday maktab yaratgan so‘z ustalaridan. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 25-son “San’at” madaniyat markazi tomosha zalida o‘zbek estrada aktyori, satirik va yumarist, qiziqchi va shoumen Valijon Shamsiyevning tashrifi tomoshabinlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.


Hajv kechasida Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismlarning askar-zobitlari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda qiziqchi o‘zining xangomali va sahnaviy chiqishlari bilan tadbirga tashrif buyurgan 250 nafardan ortiq tomoshabin mehmonlarga kulgu va tabassum ulashdi. Tuman 25-son “San’at” madaniyat markazi hamda 20-son Madaniyat markazi qoshidagi “Qo‘shtirnoq” qiziqchilar xalq teatri, “Jarqo‘rg‘on” folklor-etnografik xalq jamoasi, “Surxon gullari” ashula va raqs xalq dastalarining chiqishlari ham kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Muhimi tomoshabinlar dildan yayrab kuldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kanop yetishtirish yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va yuqori daromadli...

Taʼtil sayohat bilan boshlandi

Yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90...

Sulton-Saodat majmuasi restavratsiya qilinadi

Surxondaryo viloyatidagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini asrash va kelajak avlodlarga...

TerDU olimlari gʻolib

2026-yilgi "Akademik harakatchanlik" dasturining birinchi tanlovida Termiz davlat universitetining...
KunTun
KunTun