Hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa…

Date:

Termiz shahridagi Matbuot uyida Surxandaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati yo‘l xarakati xavfsizlik boshqarmasi tashabbusi bilan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yo‘l transport hodisalarining oldini olish mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda viloyat IIB JXX YXXB ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i, kapitan Faxriddin Muhiddinov, viloyat IIB JXX YXXB YPX otryadi katta inspektori, mayor Saydullo Safarov, Termiz shahar IIB JXX YXXB boshlig‘i podpolkovnik Ilhom Botirov va boshqalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


So‘zga chiqqanlar yurtimizda yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi hamda davlat raqami belgilari, haydovchilik guvohnomalarini olish, imtihonlardan o‘tish tartiblari, yo‘llarda bo‘ldigan tirbandliklar, avtomabil boshqaruvichilarining yo‘l qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir bo‘ladigan yo‘l transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalar o‘rtasida kelib chiqadigan ziddiyatlar to‘g‘risida to‘xtalib, bu borada olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari xususida aytib o‘tdilar.
Afsuski, o‘tgan yili 1050 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lib, shundan 527 tasi o‘lim bilan yakunlanganligi achinarli va har bir kishini xushyorlantiradigan holat. Xolbuki, bu yilga kelib 560 ta ga yo‘l transport hodisalari kamaygandir, ammo bunday hodisalarning bittasi ham ko‘p. Tadbir davomida mutasaddilar OAVlarda “Yo‘l darakati xavfsizligi”ga oid targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda ijtimoiy roliklar hamda lavhalar tayyorlash taklifi bilan murojaat qilishdi. Soha xodimlarining hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishlari fuqarolarni sergaklantirib, o‘zi va o‘zgalar hayotiga mas’uliyat bilan qarasalar, yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lmasmidi…

Sadbarg Itolmasova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun