Bilimni baholashning yangi tartibi

Date:

Maktablarda bilimni baholashning yangi tartibini joriy etilishi haqida xabardor etgan edik. Ayni tartibni joriy etish maqsadida seminar o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va metod birlashma rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda respublika ishchi guruhi tomonidan tajriba sinov maktablarida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirildi va amaliy ishlar ko‘rsatib berildi.


Shuningdek, bilimni baholashning yangi tartibini yaxshi o‘zlashtirib, respublika bo‘yicha namuna bo‘lgan Denov tumanidagi 3-maktab o‘qituvchisi Z.Eshqobilova munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tashabbuskor yoshlar harakatda

Yurtimizda obodonlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu...

Yoshlar bilan ochiq muloqot

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim...

Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod...

Huquqiy tushunchalar berildi

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy...
KunTun
KunTun