Mo‘l va sifatli hosil olish uchun…

Date:

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab 2024-yil g‘alla hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda injiq ob-havo sharoitiga qaramasdan agrotexnik tadbirlar qizg‘in tus olgan. Albatta, bunday xatti-harakatlar negizida mo‘l va sifatli hosil olish maqsadi mujassam. Barcha tumanlarda bo‘lgani kabi Uzun tumanida ham g‘allani parvarishlash bo‘yicha belgilangan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilayotir.
Kuzgi boshoqli don parvarishi bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning borishi “O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi inspektori tomonidan nazoratga olingan. Qolaversa, g‘alla ekilgan maydonlardagi har bir konturning suv kiradigan quloqlari boshida handaqlar qazilib, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish ishlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, g‘alla maydonlarida mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha hamda belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatlarida bajarilishi ta’minlanganligi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan fermerlarga belgilangan tartibda ogohlantirishlar berilayotgani mas’uliyatni bir necha karra oshishiga xizmat qilayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun