“Guliston”da seminar tashkil etildi

Date:

Ba’zida ishsizlikdan yoki g‘oyangiz bo‘la turib tashabbus ko‘rsatishdan cho‘chiysiz. Foyda olish, ish o‘xshash-o‘xshamasligi borasidagi xadiklar birinchi qadamni tashlashga to‘sqinlik qiladi. Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassislari tashabbusi bilan Prezidentimizning 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida o‘tkazilgan o‘quv seminari orqali aholining ishsiz va tadbirkorlik qilish niyatida bo‘lgan qatlamining xadiklarini tumanday tarqatib yubordi.


Seminar davomida tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga qarorda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishni nimadan boshlash, hisob-kitobni qanday yuritish, biznesda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida ham alohida e’tibor qaratildi. Qolaversa, biznes reja tuzish bo‘yicha ham kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun