Hokim xorijdagi yoshlar bilan suhbatlashdi

Date:

Yurtimizda yoshlar taqdiriga jiddiy e’tibor qaratiladi. Har bir yosh, u qayerda bo‘lmasin, e’tibor va g‘amxo‘rlikdan chetda emas. Xolbuki, muxojirlikdagi, xorijiy davlatlarda bilim va ish istab ketganlar ham. Ayniqsa, ana shunday yoshlar o‘zga yurtlarda qiynalishmayaptimi, o‘qish va ishda muammoga duch kelmayaptimi? Ayni jihatlarni hisobga olib, Bandixon tumani hokimi A.Allamuradov xorijda o‘qiyotgan, ishlayotgan bandixonlik yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda 80 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi. Dastlab, tuman hokimi yurtimizda, tumanimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning erishayotgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, xorijdagi yoshlarning yashash sharoiti va o‘qish jarayonlari bilan qiziqdi. Ularning muammolari bilan birga takliflari va tashabbuslarini tingladi.
Onlayn uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, bildirilgan taklif va murojaatlarni ijobiy hal etish choralari belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun