Qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Sariosiyo tumaniga tashrifi chog‘ida Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli o‘quv ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishish davomida ishlab chiqarish obyektlari yaroqsiz holatga kelib qolganligining guvohi bo‘ldi. Shu bois ushbu obyektlarni buzib o‘rniga yangi zamonaviy ishlab chiqarish hududi tashkil etish va hududni eng namunali o‘quv ishlab chiqarish maydoniga aylantirilishi yuzasidan topshiriq bergan edi.
Shundan so‘ng, qurilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev mas’ullar bilan birgalikda “Sa’diy Sheroziy” mahallasida joylashgan Ko‘zi ojizlar jamiyatiga tashrif buyurib, yangi qurilayotgan ishlab chiqarish korxonasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Korxona qurilishi sifati ko‘zdan kechirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan muddatda korxonani jihozlab foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga vazifa yukladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun