“Odamlar bugundan yaxshi yashashi kerak”

Date:

Albatta, yurtimizda birinchi navbatda aholi turmush tarzini yaxshilash, hayotini farovonlashtirish maqsad qilinib, shu yo‘lda qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mas’ullar oldidagi vazifa ham ayni maqsadga qaratilgan ishlarni sidqidildan bajarishdir. Bu boradagi topshiriqlar esa vaqt va muddat kutmaydi. Ularni bajarish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish davr talabidir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham hududlarda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida tumanlarda bo‘lib, qator topshiriqlar berib keladi. O‘z o‘rnida ma’lum muddatlarda ushbu topshiriqlarning ijrosi bilan qiziqib, mas’ullarning mas’uliyatini sinovdan o‘tkazadi. Bu safar ham belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rganish maqsadida Denov va Oltinsoy tumanlarida bo‘ldi.
Dastlab, Denov tumani “Yangi Hazarbog‘” mahallasida bo‘linib, mahalla “yettiligi” va mutasaddilar tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot berildi. Avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqqa asosan Shtab tashkil etilib, “Hazarbog‘” va “Mustaqillik” hududlaridagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.


Shundan so‘ng, ushbu mahalla hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga berilgan ko‘p qavatli turar joylarda bo‘linib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Murojaatga asosan mazkur turar joylarda oqova suv (kanalizatsiya) tarmog‘i tortilgan va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, mahalladagi qabriston obodligi hamda maktabda yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga mahalla infratuzilmasini yaxshilab, aholi turmush farovonligini oshirish, odamlarning yaxshi yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish vazifalari topshirildi.
Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Oltinsoy tumanida davom ettirib, “Xoja Muhammad Mavlonoi Zohid” qabrini ziyorat qildi. Ziyoratgoh hududida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini davom ettirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Boysun osmonida 35 xil rang

“Boysun bahori” turizm markazida xalqaro folklor festivali tadbirlari ko‘tarinki...

Qadriyatlar sadosi yangrar

Boysun tumanining "Bibishirin" mahallasida joylashgan “Boysun bahori” turizm majmuasida...

“Boysun bahori” — madaniyatlar chorrahasi

Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosini keng...

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...
KunTun
KunTun