Hokim yordamchilari mahallani ishsiz hududga aylantiradi

Date:

Mahalla yettiligining jamiyat hayotidagi o‘rni nihoyatda muhim. Ular xalq bilan davlat o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab, odamlar turmushi, muammosi va kamchiligini o‘rganadi, ularni bartaraf etish uchun kerakli tashabbus va g‘oyalarni amalga oshiradi. “Yettilik” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Surxondaryo viloyatida seminarlar o‘tkazilayotir. Ushbu seminar Sho‘rchi tumanida hokim yordamchilari ishtirokida davom etdi.
Albatta, hokim yordamchilarining amalga oshirgan ishlariga nazar solish orqali kelgusi rejalarni tuzib olish, mas’ullarga aniq va tizimli vazifa yuklash mumkin. Shu maqsadda tumandagi “Baxshtepa” mahallasida “e-auksion” platformasi orqali olingan yerlardan foydalanish holati, oilaviy tikuvchilik korxonasi, issiqxona va klinika markazi faoliyati bilan tanishildi. Yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali ish o‘rinlari yaratish va fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.


Mahalla hududidagi o‘yingohda viloyat hokimi rahbarligida shahar va tumanlar hokimlari, soha mutasaddilari hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida davom etgan o‘quv seminarida hokim yordamchilarining “yettilik”, aholi va tadbirkorlar, tijorat banklari hamda aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ishlari, mahallani ishsiz hududga aylantirishdagi vazifalari muhokama qilindi.
Viloyat rahbari hokim yordamchilarining asosiy vazifasi ishsiz fuqarolarga ish topishda ko‘maklashish, oilalar farovonligini oshirish, hudud drayverlaridan kelib chiqib, yangi loyihalarni amalga oshirish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish ekanligini ta’kidladi. Hokim yordamchilari Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlab, yuklantilgan vazifalarga vijdonan yondoshishlari lozimligi, korruptsion holatlar mutlaqo kechirilmasligi qayd etildi.
Seminar so‘nggida namunali faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilarining bir guruhi sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Hokim yordamchilari bog‘i”da daraxt ko‘chatlari ekildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun