Chora ko‘rildi

Date:

Yerga ko‘chat qadab, tabiatni, ekologiyani sof holda tutishga, atrofimizni yashillikka burkashga bel bog‘laganmiz. Undagi har tirik jon ham gulu daraxtlar kabi qimmatli. Ayniqsa, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob tur hayvonlarini asrash, ularning ovlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har qancha xushyor bo‘lmaylik, ba’zilarning nafsi ularni nes-nobud qilishdan to‘xtamayotgani ayanchli. Nahotki, doimiy tarzda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ularga kamlik qilayotgan bo‘lsa.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga noma’lum shaxs tomonidan yovvoyi qum tovushqonini ovlaganligi aks etgan rasm kelib tushgani mas’ullarni surishtiruv ishlarini boshlashlariga sabab bo‘ldi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra suratda aks etgan fuqaro Angor tumani “Xomkon” mahalllasida yashovchi N.X ekanligi aniqlandi.
Fuqaro N.X Angor va Muzrabot tumanlari hududida 2022-yilda ruxsatnomasiz, tungi vaqtda 6 bosh, 2023-yilda 11 bosh qum tovushqonini ov qilish qoidalariga zid ravishda ta’qiqlangan usul, ya’ni tungi yoritish moslamasi bilan ovlaganligi oydinlashdi. Holat yuzasidan birlamchi hujjatlar tayyorlanib, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’rmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan ma’muriy jarima belgilandi. Aniqlanishicha, umumiy hisobda tabiatga yetkazilgan zarar 16 million 290 ming so‘mni tashkil etadi.

Oldingi sahifaNavbatdagi qabul…
Keyingi sahifaMunosib kutib olindi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun