Surxondaryodan Samarqandgacha…

Date:

Yaxshi dam mehnatga ham deganlaridek, Termiz davlat universitetining 38 nafar ishchi-xodimi Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga sayohatga otlandilar. Ichki turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi doirasida uyushtirilgan sayohatdan ham ziyorat, ham katta taassurotlar olish maqsad qilindi.
Dastlab sayohatchilar Shahrisabzdagi Koʻk saroy, Oq Saroy, Dorut-Tilovat memorial majmuasi hamda A.Temur haykali kabi ming yillik tarixni oʻzida aks ettiruvchi meʼmoriy obyektlar va qadimiy yodgorliklarda boʻlishdi.
So‘ng, keyingi manzil koʻhna va zamonaviy sivilizatsiya tutashgan shahar nafaqat xorijiy, balki mahalliy sayyohlar bilan hamisha gavjum boʻlgan Samarqandga ulandi. Ko‘hna zamindagi Registon, Goʻri Amir maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi, Hazrati Hizr majmuasi hamda Samarqand sitida boʻlgan mehmonlar tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega boʻldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun