Jadidlar hayoti “Armon” filmida

Date:

Jadidchilik harakatining o‘zbek xalqi hayotida o‘z o‘rni bor. Ularning xizmati, harakati bilan xalqning ko‘zi ochildi, hurlik, hurfikrlilik, ilmu ma’rifat bilan yorug‘ manzillarga yetish mumkinligini angladi. Ha, ularning ibratli hayot yo‘li, qilgan ishlari, ilgari surgan g‘oyalari hozir ham o‘z ahamiyatini, qiymatini yo‘qotgan emas. Ularni o‘rganish esa biz avlodlar qalbiga faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.
To‘g‘ri, jadidchilik harakatini kitoblardan o‘qib olish, bilish mumkin, ammo taassurotlar tugal bo‘lishi uchun o‘sha davr nafasini, jadidlarning harakatini ko‘rish his qilish lozim. “Armon” deb nomlanuvchi film esa tomoshabinga ana shu nafasni his qilishga yordam bera oladi. Film jadidchilik harakati tarixi va uning yetuk namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy voqealar rivojiga bag‘ishlangan.
Ruslan Soliyev rejissyorligida tasvirga olingan mazkur filmdagi voqealar dunyoning yetakchi olimlari tomonidan hikoya qilinadi. Ayni damda “Armon” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun