Ko‘mir tarqatilmoqda

Date:

Kuz faslining so‘nggi oyi noyabrda ob-havo ancha iliq kechayotgan bo‘lsa-da, qish, albatta, qishligini qilib, ha demay, sovuq, qish-qirovli kunlar boshlanadi. Bunday ob-havo sharoitida birinchi navbatda oilamiz, farzandlarimiz va o‘zimizni, uyimizni mavsumga tayyorlashimiz lozim. Shunday paytda Muzrabot tumanidagi ko‘mir omborida mahalliy aholi uchun ko‘mir tarqatilayotgani ayni muddao bo‘ldi.
Jarayon qanday ketayotganiga qiziqqan tuman hokimi Abdurashid Ismailov ko‘mir tarqatish jarayonini joyiga borgan holda o‘rgandi.
Aytish kerakki, qishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tus olgan. Fuqarolar navbatma-navbat kelib, ko‘mir olib, qishga g‘amlab qo‘yishayotganini e’tirof etishdi. Tuman hokimi A.Ismailov sektor rahbarlari va mahalladagi mas’ullarga ko‘mir yoqilg‘isini aholiga yetkazib berish bo‘yicha kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Hozirda ushbu omborda aholini kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishi uchun yetarli bo‘lgan ko‘mir zaxirasi mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun