Foydalanishga topshirildi

Date:

Angor tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv binosi zamonaviy tipda qurilib, barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan holda foydalanishga topshirildi. Maktab o‘quv binosining ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, o‘qituvchi va murabbiylarni yangi bino bilan tabrikladi hamda yosh avlod ta’lim tarbiyasidagi mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. To‘yga to‘yona sifatida maktab jamoasiga kitoblar sovg‘a qilindi.
Viloyat rahbari maktab ma’muriyati, nuroniylar va mas’ullar bilan yangi o‘quv binoda ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aytish kerakki, ushbu maktab binosida barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, sinfxonaar yorug‘ va shinam. Har bir sinfxona o‘tilajak fanga munosib jihozlangan. Bu yerda o‘quvchi-yoshlar fan sirlarini egallab, kelgusida yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga shubha yo‘q.

Oldingi sahifaPolvonlar kurash tushdi
Keyingi sahifaFaollar taqdirlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun