Faollar taqdirlandi

Date:

Qaysi sohada faoliyat olib bormaylik, albatta, har birimizning moliyaviy savodxonligimiz bo‘lishi kerak. Mabag‘imizni jamg‘arish, ularni kerakli maqsadlarda ishlatish, kirim-chiqim masalasiga e’tibor qaratishimiz zaruratdir. Ana shunday jihatlarni qamrab oluvchi “World savings day—2023” (Butunjahon jamg‘arish kuni) xalqaro ta’lim tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv seminarlari esa talaba-yoshlarni befarq qoldirmadi. O‘quvlarda Termiz davlat universitetining 16 nafar talabalari ishtirok etdi. Ularning faol ishtiroki, mulohazali fikrlari e’tibordan chetda qolmadi va munosib taqdirlandi. Yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining sertifikati hamda pul mukofotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun