Hunardan zar unar

Date:

Quroqchilik ham milliy hunarmandchiligimizning bir turi. Keraksiz mato qiyqimlaridan ajib naqshlar, gullar tasvirini chiqarish ham bir san’at. Alohida sinchkovlik, iqtidor va vaqt talab etadigan bu ishni hamma ham eplay olmaydi. Ammo, angorlik Gavhar Rahmonova quroqchilikka mehr qo‘yib, bu hunari bilan ham oilasiga, ham mahalladoshlariga naf keltirayotgan ishbilarmon ayollardan biri.
Tumanning Chinobod mahallasida istiqomad qilib kelayotgan Gavhar opaning asl kasbi hamshiralik bo‘lsa ham bo‘sh vaqt topdi deguncha qo‘liga mato parchalari va igna-ipni oladi-da, quroq tikishga o‘tib ketadi. Qo‘shimcha daromad bo‘lsin deb, yostiq va ko‘rpalar ham tikadi.
Hunarmand ayolning ishidan zavq olib, bir-ikki so‘mlik bo‘layotganini ko‘rgan ikki ovsin ham tomoshabin bo‘lib o‘tirishni istashmadi, eng yaqin ko‘makchi bo‘lishdi. Qo‘l mehnati bilan tayyorlanayotgan tikuv mahsulotlariga buyurtmachilar talabi yuqori.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun