Kredit elektron platformalarda amalga oshiriladi

Date:

Prezident tomonidan “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–366-son) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2024–2026-yillarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig‘i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi. Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi va 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi. Natijada 150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan esa kichik va o‘rta tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkaziladi, 150 ta o‘rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi. O‘rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshirilib, 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.
2023-yil 15-dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
2024-yil 1-iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.
2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Aholi uchun yana bir qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining Beshqahramon mahallasida, “Baraka” savdo markazi hududida aholiga...

Oliy ta’lim sari imkoniyat

«Vatan tayanchi» harakati faol a’zolari hamda «Vatanparvarlar» va «Shijoat...

Baxtli bolalik sari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha...

14 jamoa — bir maqsad sari

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026”...
KunTun
KunTun