ZAMONAVIY TIPDA

Date:

Maktablarda sifatli ta’lim berilishi uchun albatta, o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Aks holda maqsadga yetish qiyin. Aytaylik, darsning qiziqarli bo‘lishi uchun qo‘shimcha materiallar, jihoz va uskunalar zarur. Busiz bilimlar to‘kis bo‘lmaydi. Yoki malakali pedagog darsni nechog‘lik qiziqarli o‘tmasin, qish kunida sovuq sinfxonada o‘quvchi diydiragancha mavzuni yaxshi o‘zlashtira olmasligi, chalg‘ishi mumkin. Shu jihatlarni hisobga olgan holda Qiziriq tumanining “Navro‘z” mahallasida joylashgan 47-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar uchun barcha shart-sharoitlarga ega maktab binosi qurilishi boshlangan edi. Qisqa mauddatda maktabning yangi oʼquv binosi zamonaviy tipda qurilib, barcha zarur jihozlar bilan taʼminlangan holda bugun foydalanishga topshirildi.
Ushbu bino 180 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, davlat budjetidan ajratilgan 7 milliard 438 million so‘m mablag‘ evaziga qurildi. Mazkur maktab oʼquv binosining ochilish marosimida nuroniy otaxon-onaxonlar ishtirok etib, oʼqituvchi va murabbiylarni yangi bino bilan tabriklashdi va yosh avlod taʼlim-tarbiyasidagi mashaqqatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun