Vazir Hilola Umarova ishtirok etdi

Date:

Qayga boqmaylik, vohamizda bunyodkorlik ishlari avj olgan pallada, maktabu bog‘chalar, kutubxona-yu ilm-ma’rifat maskanlari yangidan qurilyapti yoki mavjudlarida zarur qulayliklar yaratilayotir. Inson qadri ulug‘langan yurtda ana shunday ishlar amalga oshiriladi, albatta. Bu yo‘lda davlat dasturlari, turli investitsiya loyihalari yo‘naltirilayotir.
Termiz shahrida joylashgan 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham Investitsiya dasturiga kiritilib, dastur asosida bog‘cha binosi capital ta’mirlanib, 3 milliard 879 million so‘m mablag‘ sarflandi. Yangi binoning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, bolajonlar va tarbiyachi-pedagoglarning ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.
Tadbirda bolajonlar ijrosidagi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ramziy ochilish marosimidan so‘ng vazir tashkilotda kichkintoylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Oldingi sahifaZAMONAVIY TIPDA
Keyingi sahifa15 foiz bilan 20 yilga…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun