Tataristonda tajriba o‘rganishadi…

Date:

Maktabni tamomlab, universitetga o‘qishga kira olmagan yoshlar endilikda aro yo‘lda nima ish qilishni bilmay arosatda qolishmaydi. Istak va xohish, qiziqish bo‘lsa, biznes bilan shug‘ullanib, tadbirkorlikni boshlashadi. Buning uchun esa vohada qulay muhit va imkoniyatlar yaratiladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov vohaga tashrif buyurgan Ildar Tazutdinov boshchiligidagi «Alabuga» erkin iqtisodiy zonasi delegatsiyasini qabul qilish barobarida yoshlarning kelgusi taqdiri uchun muhim shartnomalarni imzolashga muvoffaq bo‘ldi.
Uchrashuvda «Alabuga Polytech» muhandislik markazining ta’lim dasturlari taqdimot qilindi va kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ta’lim loyihalari muhokama qilindi. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik fanini o‘qitish, fan olimpiadalarini tashkil etish, maktab sardorlari uchun “Alabuga” EIZ negizida tajriba almashish dasturini yo‘lga qo‘yish masalalarida kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi, “OMAD START ORGANIC” MCHJ va «Alabuga» erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oldingi sahifaTomorqa koni foyda
Keyingi sahifaOchiq muloqotda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun