“Oqqushlar” g‘olib

Date:

Termiz shahridagi “Surxon sport” majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning gimnastrada turi bo‘yicha viloyat bosqichi bellashuvlari bo‘ldi. Ushbu olimpiadada Termiz shahri va tumanlardan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etib, Termiz tumani “Uchqizil” mahallasining “Oqqushlar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Olimpiada ishtirokchilari Sabrina Shovaliyeva, Mo‘mina Azizmuradova, Sevinch Axmatova va jamoada ishtirok etgan barcha qizlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alar taqdim etilgani, yoshlarni yanada ruhlantirdi. Bunday e’tibor yoshlarni yanada kuchli bo‘lishiga, kelgusida bu kabi ko‘rik-tanlov va musobaqalarning respublika bosqichlariga yuqori o‘rinni qo‘lga kiritishlariga turtki bo‘ladi.
Suhbat chog‘ida guvohi bo‘ldikki, jamoadagi ishtirokchi qizlarning quvonchi cheksiz.
— Biz bu yutuqqa erishish uchun juda ko‘p mashaqqat chekdik desam ham bo‘ladi, o‘tgan yilgi mavsumda bo‘lib o‘tgan ushbu musoboqada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edik. Bu gal ilgargidan ham kuchli tayyorgarlik ko‘rdik va albatta, mehnatimiz zoe ketmadi. Bu yutuq faqatgina bizning yutug‘imiz emas, bizni tayyorlab, qo‘llab-quvvatlagan murabbiyimiz Gulnora Jumayevaga o‘z tashakkurimni bildiraman, — deydi Sabrina Shovaliyeva. — Musoboqaga chiqishimdan oldin juda hayajonlandim. Chunki bizdan ham kuchli “Yosh yulduzlar” jamoasi, “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” jamoalari bor edi. Lekin biz uddaladik va 1-o‘rinni qo‘lga kiritdik.
Endilikda musobaqaning respublika bosqichida ham yuqori o‘rinni qo‘lga kiritish uchun kuchli tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan “oqqushlar”ga omad tilaymiz.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

AI–80 cheklanadi

Yil yakuniga qadar barcha kuch va resurslarni safarbar etib,...

Qadog‘ida tarkibi yozilishi shart

Joriy yilning 1-sentabridan boshlab, sanoat sharoitida qayta ishlangan va...

Velosipedda harakatlangan ragʻbatlantiriladi

2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va...

Mahalla binosi qurilishi boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida aholiga qulay sharoit yaratish va...
KunTun
KunTun