Limon bilan birga mandarin ham

Date:

Sitrus mevalarni yetishtirish bo‘yicha vohadoshlarimiz yaxshigina tajribaga ega bo‘lib ulgurishgan. Ishbilarmon va dehqonchilik tilini yaxshi tushunadiganlar bir tup limondan 50 kilogramm hosil olishayotganiga nima deysiz? Ishonmasligingiz mumkin, ammo aytayotganlarimiz haqiqat.
Sho‘rchilik Gulsara Mengboyeva kaftdekkina yeriga qurgan issiqxonasidagi limondan yaxshigina hosil olmoqda. Tadbirli ayolning tajribasi, ishlari esa ommalashtirishga arziydi. Shu sababdan ham Gulsara Mengboyevaning xonadoniga media tur tashkil etilib, dehqonchilikka qiziqqanlar uchun master-klass o‘tkazildi.
Bir necha yil avval turmush o‘rtog‘i bilan maslahatlashib, tomorqasining 10 sotixiga issiqxona qurib, limon ko‘chatlari ekkan Gulsara Mengboyeva hozirda bu ishni yo‘lga qo‘yib olgan. Bugunga qadar esa biroz qiynalishdi, mo‘ljaldagi hosilni yetishtira olishmadi. Asosiysi, yildan-yilga tajribalari oshib, daromadlari ko‘paya bordi. Hozirda limon ko‘chatlari to‘liq hosilga kirgan. Limon bilan birga mandarin ham yetishtirishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun