Xato va kamchiliklar muhokama qilindi

Date:

Janubiy vohaning tuprog‘i zar, undan topganimiz esa oltinga teng. Shu jihatdan tomorqamizning har qarichidan unumli foydalanib, yilda to‘rt fasl ham hosil olib, mo‘may daromad ko‘rishimiz mumkin. Ana shunday daromad manbaidan foydalanmaslik, yerni ekin-tikinsiz qoldirish esa uvol. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida qishloq xo‘jaligi masalalari yuzasidan videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham ayni shu masalalar o‘rtaga tashlandi.


Yig‘ilishda Sariosiyo tumanidagi fermer xo‘jaliklariga va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, bog‘ yer maydonlarini tartibga keltirish, ekindan bo‘shagan yer maydonlarini shudgorlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, fermer xo‘jaligi rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi uchrashuvda sohada belgilangan ishlarni amalga oshirish, ishlarni sifatli va muddatida bajarilish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yukladi hamda paxta parvarishi bo‘yicha ishlarni tizimli olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun