INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

Date:

Maktabda eng qiziqarli mashg‘ulot insho yozish bo‘lsa kerak. Berilgan mavzu asosida xayollarga erk berasiz-da, o‘ylaysiz, fikrlaringizni tizginlab, yozishga tutinasiz. Ilhom qog‘ozga quyilib, ijodga sho‘ng‘iysiz. Chiqish qo‘ng‘irog‘i jaranglasa-da, tugallanmagan fikrlarni yozaverasiz, yozaverasiz. Toki yoddan ko‘tarilib, insho tugallanmay qolmasin.
Insho yozishni ana shunday sevimli mashg‘ulot sifatida qabul qiluvchilar uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali doirasida insholar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ishtirokchilar belgilangan vaqt mobaynida “XXI asr ayoli – mening nazarimda” mavzusida insho yozishdi. Ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, eng yaxshi insho muallifi Sherobod tumanidagi 13-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Gulrabo Abduraupova deb topildi va 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Tanlov so‘nggida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Oldingi sahifaRaqiblarini mot qildi
Keyingi sahifa1-noyabrdan…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun