1-noyabrdan…

Date:

Joriy yilning 1-noyabrdan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, amaldagi ayrim tartiblar o‘zgardi. Tuman (shahar)larda «Inson» ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar uchun psixologik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi.

  • Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid barcha ma’lumot va hujjatlar «hrm.argos.uz» elektron latformasida shakllantiriladi va yuritiladi.
  • «Oxirgi milya» tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda aholi xonadonlariga internet tarmog‘ini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturini amalga oshirish boshlanadi.
  • Qurilish vazirligi tomonidan mahalliy hokimiyat va hududiy tashkilotlar rahbarlari uchun shaharsozlik sohasida bilimlarni oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
  • Avtotransport vositalari uchun davlat raqami belgilari berilganligi uchun to‘lov BHMning 3,5 baravarini (hozirgacha 1,5 baravari edi), mototransport uchun – BHMning 1,75 baravarini tashkil etadi (hozirgacha – 0,75 baravari edi).
  • «Umra» xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha litsenziya talablari kuchga kirmoqda:
    100 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish;
    «Umra» xizmatlarini ko‘rsatuvchi turoperator shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublika ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi.
  • Davlat yong‘in nazorati organlarining ijobiy xulosasini olmasdan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auktsionga chiqarish, qurilish ob’ektlari loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi.
  • Davlat yong‘in nazorati organlari qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida shaharsozlik normalari va qoidalarining yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.
    Aholi gavjum bo‘ladigan obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan majburiy tartibda idoraviy yong‘in nazorati o‘rnatiladi.
  • 16-noyabrdan davlat ishtirokidagi korxonalardagi davlat vakillarining faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Fayz” savdo markazi ochildi…

Bugun Bandixon tumani aholisi uchun unutilmas shodiyona kun...

“G‘armaqo‘rg‘on” yo‘llari asfaltlanmoqda

Ko‘chalarimizning notekis o‘nqir-cho‘nqirligi nafaqat kayfiyatimizga balki xavfsizligimiz uchun ham...

Jarimasi bor…

Telefonsiz hayotimizni tasavvur eta bo‘lmas darajaga yetganmiz. Uyda ham,...

Yig‘im-terim avj oldi

Kuz fasli qishloq xo‘jaligi sohasida yil davomida amalga oshirilgan...
KunTun
KunTun