Arxeologik topilmalardan Qo‘qon paranjisigacha

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 1-umumta’lim maktabida tarix muzeyi tashkil etilgan. Ushbu muzeydan nafaqat o‘quvchi-yoshlarning, balki tuman ahlining-da oyog‘i uzilmaydi. Muzeyda Dalvarzintepadan topilgan qadimiy buyumlardan arxeologik topilmalargacha uchratish mumkin. Ayniqsa, Qo‘qon paranjisi kelib-ketguvchilarning e’tiborini tortadi. Eksponatlarni sanasangiz, son-sanog‘i ikki mingga yaqin ekaniga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz.
Ha aytgancha, bu maskanda joy olgan qadimiy liboslar orqali momolarimiz qanday liboslar kiyib, qanday taqinchoqlar taqqanini bilib olish mumkin. O‘ziga xos dizayn va tikilish uslubiga ega ushbu liboslardan qizlar andoza olishayotgani ham sir emas.
“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida bir guruh nuroniylar 1-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan tarix muzeyiga sayohat uyushtirdilar va olam-olam taassurotlar oldilar.

Oldingi sahifa“BALLI, QIZLAR”
Keyingi sahifaRaqiblarini mot qildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun