G‘OLIBLARIMIZ TAQDIRLANDI

Date:

Insonni kuldirish oson emas. Bu alohida iqtidor, mehnat va mahorat talab etadi. Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasining viloyat bosqichi qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi.
Musobaqaga tanlovning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta tuman jamoa ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. muhimi, yoshlar yangilk qilishga, yumorga boy hazillar bilan barchaning kayfiyatini ko‘tarishga urinishdi va uddasidan chiqa olishdi ham. To‘g‘ri, ba’zi kamchiliklar, maromiga yetmagan hazillar ham bo‘ldi. Shunga qaramay, har bir jamoaning chiqishi hakamlar va tomoshabinlar xotirasida qaysidir jihati bilan yodda saqlansa, ajab emas.
Yakunda Muzrabot tumani jamoasibirinchi o‘ringa munosib ko‘rildi va musobaqaning respublika bosqichiga ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun