TerDUda quyosh panellari o‘rnatildi

Date:

Sovuq havoda elektr energiyasiga tushadigan yuklamalar ortishi kutilmagan nosozliklarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Bu masalada o‘tgan qishdagi izg‘irinli kunlar ham xalqimizga jiddiy saboq bo‘ldi. Xo‘sh, bu yilgi qish faslida muassasa, tashkilot va korxonalarda, xizmatlar ko‘rsatish nuqtalariyu, aholi xonadonlarida elektr energiyasi taqchilligiga chek qo‘yish imkoniyati mavjudmi?
Termiz davlat universiteti Prezidentimizning joriy yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida dastlab binolarga qiymati 11 milliard 220 million so‘mlik 1 ming 20 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatishni belgilab olgan. Biroq rejaga o‘zgartish kiritib, universitet va uning qoshidagi ta’lim muassasasi binolariga quvvati 1 ming 500 kVt bo‘lgan 2 ming 738 dona quyosh paneli o‘rnatgan. Buning uchun 16 milliard 191 million so‘m mablag‘ sarflangan.
O‘tgan qishning sovuq va yozning jazirama issiq kunlarida elektr energiyasidagi uzilishlar talabalarni andak behalovat qilib qo‘ygan edi. Quyosh panellarini ishga tushirilganidan so‘ng muammo hal bo‘ldi. Chunki, hududda qurilma uchun yilning to‘rt faslida ham ishonchli quyosh nuri bor. U ishlab chiqarayotgan energiya o‘zimizniki. O‘rnatilgan barcha quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritildi. Universitet ehtiyojdan ortiqcha elektr energiyasini sotish uchun mahalliy energetiklar bilan shartnoma ham tuzib qo‘ygan. Bu esa elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga yechim bo‘ldi. Ha, aytgancha o‘tgan qisqa davrda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga ehtiyojdan ortgan 54 ming kVt elektr energiyasi sotildi.
Oliy ta’lim muassasasi binolariga quyosh panellarini o‘rnatish bir kunda 7,2 ming kV/t, bir oyda 214,5 ming, bir yilda esa 2 million 609 ming kVt quvvatda 2 milliard 265 million so‘mlik elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi. Yoki yiliga 2 milliard 265 million so‘m miqdoridagi mablag‘ iqtisod qilinadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun