Chegarachilik saboqlari

Date:

Yoshlarni milliy qadriyatlar va madaniyatga bo‘lgan tahdidlar hamda yot g‘oyalardan asrash, har tomonlama rivojlangan, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, milliy an’analarga sadoqatli, dunyoqarashi keng, vatanparvar va barkamol qilib tarbiyalashga bugun juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Ayni shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining “Respublika chegaraoldi shahar va tumanlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida chegaraoldi shahar va tumanlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tayyorgarlik yoshidagi o‘quvchilardan iborat “Yosh chegarachilar” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa harbiylikka qiziqadigan, vatanimiz sarhadlarini himoya qilib, chegarachi bo‘lishni orzu qiladigan yoshlar uchun ayni muddaodir.
Ushbu klub yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chegara sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda keng jamoatchilikka yetkazish, ongli ravishda chegaraoldi hududda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlashda daxldorlik hissini shakllantirish, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularni chegarachi kasbiga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan.
Ta’lim maskanlarida tashkil etilgan “Yosh chegarachilar” klublari o‘quvchilari bilan harbiy xizmatchilar tez-tez uchrashib, ular bilan davra suhbatlari, o‘quv mashg’ulotlari, shuningdek, tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Qumqoʻrgʻon tumanidagi 13-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasida “Yoshlar kelajagimiz poydevori” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida ertak qahramonlarining rasmlarini chizish va boʻyash oʻrgatildi hamda ertak oʻqib berildi. Shuningdek, tumandagi 26-maktabda ham oʻquvchi- yoshlar ishtrokida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g’risida”gi qonuni targʻibotiga bag’ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchi-yoshlar chegara yaqinida istiqomat qilishning tartib-qoidalarini bilib olishdi. Chegarani noqonuniy ravishda buzib oʻtish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Akmal YUSUPOV,
chegarachi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muattar 15 million soʻmlik boʻldi

“Yoshlar ishlari agentligi kubogi” uchun shaxmat musobaqasining respublika bosqichiga...

Futbol akademiyasi qayta rekonstruksiya qilinmoqda

Surxondaryo viloyatining chekka va olis qishloqlaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlash,...

Sportchimiz gʻolib…

Qozogʻistonning Temirtov shahrida sportning dzyudo boʻyicha xalqaro turnir boʻlib...

Tarbiya

Maktab roʻparasidagi uy. Ota endi tili chiqqan bolasiga soʻz...
KunTun
KunTun