Tailand delegatsiyasi bilan uchrashuv

Date:

Qadim tarixga ega vohamiz tarixiy qadamjolar, madaniy va ma’naviy merosga boy. Qolaversa, viloyatimizning Termiz, Sho‘rchi, Muzrabot, Sherobod va Denov tumanlarida 10 ta buddaviylik inshootlari mavjud. Bu vohaga kelishga qiziqishni oshiradi, turizm sohasini rivoj toptirishga xizmat qiladi. Ayni sababdan ham surxon zaminining ayni jihatlari turizm sohasida ko‘plab shartnomalar imzolanib, sayyohlar oqimini kengaytirishga sabab bo‘lmoqda
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Tailand Amaliy san’at departamenti Ijrochi direktori, Tailand muzeylari idorasi direktori Nitaya Kanokmongkol boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda delegatlar bilan Surxondaryoda joylashgan qadimgi buddizm obidalariga Tailandlik sayyohlarni keng jalb qilish, turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kelgusida Tailandliklarning Surxondaryoga sayohatlarini ko‘paytirish maqsadida buddizm obidalari bo‘ylab turlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Delegatsiya a’zolarining viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun