Yurtga vatanparvarlar kerak

Date:

Vatanparvarlik xususida gap ketganda, avvalo, Vatanga, ota-ona, millatga bo‘lgan muhabbat anglashiladi. Xususan, Vatan tinchligi, osoyishtaligi, ravnaqi va taraqqiyoti sog‘lom fikrli insonlar uchun doim eng muhim masala hisoblangan. Shu sababli jamiyatda mavjud barcha ijtimoiy soha tizimlarida yosh avlod qalbi va ongida Ona-Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Albatta, jamiyatimizdagi barcha soha va tizimlar faoliyatining negizida ana shunday oliy maqsad mujassam. Shu jumladan, mustaqillikning ilk kunlaridan buyon faoliyat yuritib kelayotgan “Vatanparvar” tashkiloti haqida ham xuddi shunday iliq fikrlarni bildirish mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Muzrabot tuman bo‘limi mutasaddilari xayrli ishga qo‘l urishdi. Tashkilot Markaziy Kengashining hay’at qaroriga ko‘ra, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning “Vatanparvar” tashkilotiga xayrixohligi, sport texnika va amaliy turlariga qiziqishini oshirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan texnik kasb mutaxassislarini tayyorlash maqsadida “Vatanparvarlik – oliy maqsadim” shiori ostida “Vatanparvar” tashkiloti – mening tanlovim” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” harbiy vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
– Tadbir davomida tumandagi ilmga chanqoq yoshlarni faoliyatimiz bilan tanishtirish orqali tashkilotimizda tashkil qilingan sport seksiyalariga jalb qilgan holda, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat. Ayni paytda tumanimizdagi mahalla fuqarolar yig‘inlari va umumta’lim maktablarida “Vatan tayanchi” nomli harbiy vatanparvarlik otryadlari tashkil qilganmiz. Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 30 nafar, umumta’lim maktablaridan 80 nafar otryad a’zosi ishtirok etishdi. Ishtirokchilar sport seksiyalari hamda haydovchilik guvohnomasiga o‘qish uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

Eng quvonarlisi, tashrif buyurganlardan 30 nafari kelgusida shu yerda o‘qish istagini bildirishdi, – deydi “Vatanparvar” tashkiloti Muzrabot tumani o‘quv-sport texnika klubi boshlig‘i Murodbek Umirqulov.
“Vatanparvar”da yil boshidan buyon tashkil etilgan 16 ta guruhda 384 nafar yosh milliy haydovchilik guvohnomasi olish uchun tahsil olishgan. Ayni chog‘da 10 ta guruh tinglovchilari bitirishdi. Ushbu bitiruvchilardan 45 nafari “Yoshlar daftari”da turuvchi yoshlar ekanligi quvonarli, albatta. Bu yerda o‘quvchilar “B”, “B-C”, “E”, “C” toifali haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qitiladi. Mashg‘ulotlarni nazariy va amaliy jihatdan sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv xonalari zamonaviy asbob-uskunalar, ko‘rgazmali qurollar, so‘nggi rusumdagi o‘quv trenajorlari bilan jihozlangan. O‘quv mashg‘ulotlarni 4 nafar, amaliy mashg‘ulotlarni 6 nafar usta o‘rgatuvchilar olib borishadi. O‘quvchilar har kuni maxsus avtodromda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishadi.


– Bu yerda yaratilgan sharoitni ko‘rib, havasim keldi. Kelgusida men ham boshqa tengdoshlarim qatori ushbu tashkilotda haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qimoqchiman, – deydi Muzrabot kasb-hunar maktabi bitiruvchisi Bobur Tojiqulov.
Ayni paytda havo miltig‘idan o‘q otish, motokross, yozgi biatlon sport seksiyalarida 65 nafar 18 yoshga to‘lgan yoshlar muntazam ravishda malakali murabbiylar qo‘li ostida shug‘ullanishmoqda. Eng muhimi, ushbu seksiyada mashg‘ulotlar bepul olib boriladi.
“Kelgusi rejamiz yoshlar uchun sport seksiyalari va o‘quv kurslarini yanada kengaytirish hamda tashkilotimizning moddiy-texnik bazasini shakllantirishdan iboratdir”, deydi M. Umirqulov.
Joriy yilning sentyabr oyida “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan Tashqi migratsiya Agentligi o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, endilikda Jahon mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan “C-E” va “D” toifali malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Rejaga ko‘ra, ushbu kelishuv asosida tuman miqyosida 30 nafar yosh Yevropa davlatlariga ishlash uchun yuboriladi.

Xolmuhammad TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi oliygoh ish boshladi

O‘zbekiston mustaqil, demokratik davlat sifatida o‘z dunyoviy va diniy...

20 nafar yoshga 50 sotixdan…

Bugungi kunda ishsizlik muammo emas. Yurtimizda ishsizlar bandligini ta’minlashning...

Kuniga 50 tonna…

“Temirxotin” filmini ko‘p bor tomosha qilganmiz. O‘sha yillar uchun...

Shartlar o‘zgardi

Albatta, kredit barcha muammolarga munosib yechim va ish boshlovchilar...
KunTun
KunTun